«hukumat qarori» tegli maqolalar


Aerovokzal yaqinida to‘xtashga faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat beriladi
19 aprel 2023, 09:59

Aerovokzal yaqinida to‘xtashga faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat beriladi

Hukumat qarori bilan aerovokzal yaqinida to‘xtash faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat etiladi. Boshqa transportlar esa turargoh va to‘xtash joylariga yo‘naltiriladi. Estakadadan foydalanishda yengil avtomobillar 5 daqiqagacha, avtobus va mikroavtobuslar 10 daqiqagacha to‘xtab turishi mumkin bo‘ladi.

Fors-major holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
31 oktabr 2022, 17:17

Fors-major holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Hukumat qarori bilan fors-major holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Holatlar vakolatli shaxsning elektron imzosi bilan tasdiqlangan va elektron shakldagi sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi. Sertifikat berish uchun 270 ming so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.

Davlat tashkilotlaridagi qorovullik bo‘linmalari xodimlarining vazifalari belgilandi
17 oktabr 2022, 14:55

Davlat tashkilotlaridagi qorovullik bo‘linmalari xodimlarining vazifalari belgilandi

Hukumat qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarining qorovullik xizmatlari huquqbuzarliklar kuzatilsa, IIB va Milliy gvardiya xodimlariga xabar beradi. Ular kelguncha, hodisa izlari saqlanishini ta’minlaydi. Ular xabar bergan jinoyat bartaraf etilsa, 1 martalik pul mukofoti olishi mumkin.

Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilariga to‘liq stavkada ishlashga ruxsat berildi
5 oktabr 2022, 10:12

Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilariga to‘liq stavkada ishlashga ruxsat berildi

Hukumat qarori bilan respublikadagi barcha tibbiyot oliygohlari bitiruvchilariga to‘liq stavkagacha ishlashga ruxsat beriladi. SSV shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va 1 oktabrdan Surxondaryo viloyatida, 1 noyabrdan esa barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.

Mahallalar yashil bog‘ tashkil etish uchun hokimlikka tashabbus bilan chiqishi mumkin
29 sentabr 2022, 17:10

Mahallalar yashil bog‘ tashkil etish uchun hokimlikka tashabbus bilan chiqishi mumkin

Hukumat qaroriga ko‘ra, ️davlat organlari va tashkilotlari, mahallalar va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari «Yashil bog‘lar»ni barpo etish bo‘yicha hokimliklarga tashabbus bilan chiqishi mumkin. Taklif bosqichma-bosqich ma’qullansa, «Yashil hudud» davlat unitar korxonasi bilan shartnoma tuzilib, bog‘ yaratiladi.

Davlat qaysi holatda alimentni qarzdorning o‘rniga to‘lab beradi?
5 avgust 2022, 13:01

Davlat qaysi holatda alimentni qarzdorning o‘rniga to‘lab beradi?

Hukumat qarori bilan davlat faqat birgina holatda — voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs o‘rniga alimentni to‘lab beradi. Mablag‘ni Aliment to‘lovlari jamg‘armasi ajratadi. Keyinchalik MIB qarzdordan ushbu mablag‘ni undirib oladi.

Ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun 100 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
8 iyun 2022, 16:41

Ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun 100 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 10 gektardan kam bo‘lmagan paxta va don ekin maydonlarida suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Ariza tuman hokimligida qabul qilinadi, subsidiyalar Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari tomonidan to‘lab beriladi.

Qimmatli qog‘ozlar bilan shug‘ullanuvchilar attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi
8 iyun 2022, 10:26

Qimmatli qog‘ozlar bilan shug‘ullanuvchilar attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka sertifikati 5 yilga beriladi. Sertifikat DXM va YAIDXP orqali taqdim etiladi, buning uchun BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilinadi
23 aprel 2022, 17:33

Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilinadi

Hukumat qarori bilan 1 dekabrga qadar dasturlar ishlab chiqishda qatnashish va ularning ijrosini monitoring qilish maqsadida e-ngo.uz elektron portaliga joylashtiriladi. 1 yanvardan davlat organ va tashkilotlari ijtimoiy hamda iqtisodiy dasturlarning loyihalari, davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy tartibda portalga kiritib boradi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi
22 aprel 2022, 10:07

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi

Hukumat qarori bilan nogironligi bor kishilarni ishga olgan shaxslarga har bir xodim uchun BHMning1,5 baravari (405 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi. Mazkur tartib budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan amal qilmaydi.

Uy-joyning «snos» ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
21 aprel 2022, 10:38

Uy-joyning «snos» ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Hukumat qarori bilan ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi holati to‘g‘risida ma’lumotnoma 3 ish kunida DXM yoki YAIDXP orqali beriladi. Bundan tashqari, bino va inshootlar tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, loyiha-smeta hujjatlarni kelishish, qurilishni boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish zarurligi belgilanmoqda.

Qimmatbaho metallar mavjud yer uchastkalari auksion orqali sotiladi
26 mart 2022, 16:12

Qimmatbaho metallar mavjud yer uchastkalari auksion orqali sotiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, qimmatbaho metallarni qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan faqat O‘zbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi. Bunda 5 gektargacha bo‘lgan yer qa’ri uchastkasi har gektariga boshlang‘ich 9,4 mln so‘m narxida auksionga qo‘yiladi. Ruxsatnoma olganlar ish boshlashdan oldin hokimiyat, Ekologiya, hamda Sanoat xavfsizligi qo‘mitalarini xabardor qilishi lozim.

Limon yetishtiruvchilarga subsidiyalar beriladi
19 yanvar 2022, 13:51

Limon yetishtiruvchilarga subsidiyalar beriladi

Hukumat qarori bilan 2021 yildan limon yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga xarid qilgan tabiiy gazga nisbatan muqobil energiya qurilmalari qiymatining 30 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi. Qolaversa, yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilishga har bir sotix uchun 300 ming so‘mgacha miqdorda subsidiya beriladi.

Yetim bolalar uchun «Mehr daftari» joriy etildi
19 yanvar 2022, 12:49

Yetim bolalar uchun «Mehr daftari» joriy etildi

Hukumat qaroriga muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida «Mehr daftari» tizimi joriy qilindi. Bolalar ushbu daftarga tuman yoki shahar hokimi qarori asosida kiritiladi va undan 25 yoshga to‘lganda chiqariladi. Bunda daftardan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi ta’minlangan va uy-joyi mavjud bo‘lishi shart.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali to‘lab beriladi
7 dekabr 2021, 10:49

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali to‘lab beriladi

Hukumat qarori bilan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditining 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badali to‘lab beriladi. Shuningdek, ular vaqtincha ijtimoiy uylarga ijaraga qo‘yilishi ham mumkin. Imkoniyati cheklangan shaxslarga esa birinchi qavatdagi uylar ijaraga beriladi.

Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin
27 noyabr 2021, 13:04

Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin

Hukumat qarori bilan endilikda YATTlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin, ilgari 3 nafargacha ruxsat berilgandi. Bunda tadbirkor bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi. Qolaversa, xodim bilan mehnat shartnomasi ham tuziladi.

Toshkentda Piza universiteti filiali tashkil etildi
24 noyabr 2021, 18:20

Toshkentda Piza universiteti filiali tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Toshkentda Italiyaning X asrlik tarixga Piza universitetining filiali tashkil etildi. Filialda ta’lim 2022/2023 o‘quv yilidan kunduzgi shaklda kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga esa universitet diplomi beriladi.

Orolbo‘yida kardiologiya markazi ochiladi
19 noyabr 2021, 11:59

Orolbo‘yida kardiologiya markazi ochiladi

Hukumat qarori bilan Orolbo‘yida kardiologiya tibbiyot markazi tashkil etiladi. Markaz Orolbuyi mintaqasidagi hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatadi. Markaz kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish, davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanadi.

Endi yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin
17 noyabr 2021, 10:55

Endi yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin

Endilikda nafaqat jismoniy shaxslar, balki yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishlari mumkin. Ijaraga berilgan transport tomonidan buzilgan yo‘l harakati qoidalarini esa onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi.

Ayrim hududlarda paxta teruvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi
3 noyabr 2021, 10:49

Ayrim hududlarda paxta teruvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi

Hukumat qarori bilan paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxtani terib olish uchun 1,6 trln so‘mgacha resurslar ajratiladi. Mashinada paxta yig‘ib olish xizmati xarajatlarining 30 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, ayrim hududlarda paxta teruvchilarga amaldagi stavkaga qo‘shimcha ravishda har bir kg paxta uchun 230 so‘m ustama haq to‘lanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting